iks
ads

Kazemiro Yaponiyadan uchralgan mag'lubiyat haqida gapirdi

  • Mr.NoBoDy 15.10.2025 21:32
  • 259
  • 30

Futbolchi bu dars bo'lishi kerakligini aytdi.

"Manchester Yunayted" va Braziliya terma jamoasi yarim himoyachisi Kazemiro Yaponiya milliy jamoasiga qarshi o'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvidagi mag'lubiyat haqida o'z fikrini bildirdi. Braziliya ikki to'p ustunlikni boy berib, yapon futbolchilarga 2:3 hisobida engildi.


"Ehtimol, 45 daqiqa ichida barcha say-harakatlarimizni yo'qqa chiqargandirmiz. Shunday ekan, bu bizga saboq bo'lsin: jahon chempionati allaqachon boshlanib bo'ldi. Biz yuqori darajada o'ynashimiz kerak, Yaponiyaga qarshi yoki boshqa raqibga qarshi bo'lishidan qati nazar. Chunki 45 daqiqa sizni bolalikdagi orzularingizdan mahrum qilishi mumkin," deya Kazemironing so'zlarini keltiradi AS nashri.


Bundan oldin, oktyabr oyidagi yig'in doirasida Braziliya terma jamoasi 10 oktyabr kuni Janubiy Koreya terma jamoasini 5:0 hisobida tor-mor etgandi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar