Hakim Fuzaylov: "Hozircha xulosalar uchun erta"

  • Mr.NoBoDy 16.03.2025 20:48
  • 30
  • 30

Superliganing 2-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Xorazm" (0:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov matbuot anjumanida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

O'yin haqida

- O'yin haqida nima deyishim mumkin, g'alaba qozondik, yigitlarga rahmat aytaman. Turli uslublardan foydalanishga urindik. Superliga starti va bahorning ilk kunlaridagi futboldan ko'p narsa kutish qiyin. Bizni qo'llab-quvvatlagan muxlislarga rahmat aytaman. "Surxon" yaxshi jamoa, biz bu jamoani yaxshi o'rganib chiqdik.

- Jamoangiz mavsumni yaxshi boshladi. Turnir jadvalidan kelib chiqsak, mavsum davomidagi rejalar qanday?

- Bizda har bir o'yinda g'alaba ishtiyoqi bor. Biz bu g'alabani unutgan holda ertangi kundan navbatdagi o'yinlar uchun tayyorgarlikni boshlaymiz. Mavsum boshi, bahorgi futbol, hozircha xulosalar uchun erta.

Ўхшаш янгиликлар