Aliqulov rasman terma jamoamizning mart oyidagi o'yinlarida yordam bera olmaydi. Uning o'rniga kim chaqirilgani malum

  • Mr.NoBoDy 17.03.2025 05:32
  • 270
  • 30

Milliy jamoamiz himoyachisi Husniddin Aliqulov Rizespor klubi safida Turkiya chempionati doirasidagi uchrashuvda yuzidan jarohat olib maydonni tark etdi.

Klub tomonidan o'tkazilgan tibbiy tekshiruvlar natijasida Aliqulovning burun va yonoq qismida suyak sinish holati aniqlanib, futbolchiga jarrohlik amaliyoti qo'llandi. Ushbu vaziyatdan kelib chiqqan holda, tibbiy shtab tavsiyasi bilan Husniddin Aliqulov terma jamoamiz yig'inida qatnasha olmaydigan bo'ldi.

Temur Kapadze boshchiligidagi murabbiylar tomonidan milliy jamoa safiga «Nasaf» klubi himoyachisi G'olib G'aybullaev jalb etildi.

Ўхшаш янгиликлар