iks
ads

Superliga. "Paxtakor" ikkita penalti tepilgan o'yinda bir kishi kam "Qizilqum"ni yirik hisobda engdi

  • Mr.NoBoDy 19.10.2025 17:56
  • 111
  • 30

O'zbekiston Superligasi 25-turidan o'rin olgan "Paxtakor" – "Qizilqum" uchrashuvi yakunlandi.

"Paxtakor" – "Qizilqum" 3:0

"JAR" stadioni (Toshkent)

19.10.2025. 16:00

Bosh hakam: Olim Tuychiboev

Yordamchi hakamlar: Shohruhbek Azamov, Azizbek Isaqov

Zaxira hakami: Nurbek Sheraliev

Hakamlar nazoratchisi: Vladislav Ceytlin

Uchrashuv komissari: Bekzod Aripov

VAR: Firdavs Norsafarov

AVAR: Ruslan Serazitdinov

Gollar: 1:0 – 21, Igor Sergeev (penalti), 2:0 – 44, Zaid Tahsin (Hojiakbar Alijonov), 3:0 – 82, Igor Sergeev (penalti)

"Paxtakor": 12. Vladimir Nazarov 4. Zaid Tahsin, 7. Hojiakbar Alijonov, 10. Aziz Turg'unboev (21. Bashar Resan, 60), 11. Igor Sergeev, 15. Hojimat Erkinov (17. Doston Hamdamov, 69), 23. Abdurauf Bo'riev (2. Behruz Asqarov, 83), 27. Sardor Sobirxo'jaev (9. Ibrohim Ibragimov, 60), 50. Flamarion Jovino (18. Bobir Abdiqoliqov, 83), 55. Muhammadarasul Abdumajidov, 77. Dilshod Saitov

Zaxira: 19. Jonatan Luis, 5. Muhammadqodir Hamraliev, 20. Dilshod Abdullaev, 56. Muhammaddiyor Marufaliev

Bosh murabbiy: Kamoliddin Tojiev

"Qizilqum": 1. Sanjar Quvvatov, 8. Shahzod Rahmatullaev (9. Islom Kenjaboev, 58), 10. Roman Papariga, 11. Jambuli Jigauri (17. Akmal Muzaffarov, 71), 16.Asror G'afurov, 18. Farhod Bekmurodov (22. Shahzod Turopov, 46), 20. Bobomurod Bozorov, 23. Samandar Shukurillaev, 70. Shohruz Norxonov (4. Ilhom Vahobov, 58), 77. Fayzullobek Jumanqo'ziev, 88. Dushan Miyich (19. Ilhom Kenjaboev, 46)

Zaxira: 30. Farhod Rahmatov, 7. Davron Anvarov, 32. Mustaqim Boboqulov, 79. Diyor Rahmatillaev

Bosh murabbiy: Akmal Rustamov

Ogohlantirishlar: Bobomurod Bozorov (24), Abdurauf Bo'riev (40), Shohruz Norxonov (42), Ilhom Kenjaboev (50), Hojiakbar Alijonov (90)

Chetlatish: Roman Papariga (50)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


90+2. "Paxtakor" futbolchisi ofsaydda qolib ketdi.

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shildi.

90. Hojiakbar Alijonov vaqt cho'zgani uchun ogohlantirildi.

89. Resan tepgan to'pni Quvvatov egalladi.

83. "Paxtakor"da ikki o'zgarish.

82. GOL! Sergeev ikkinchi penaltini ham aniq amalga oshirdi! Quvvatov bu safar ham to'p yo'nalishini topa olmadi.

Hakam VAR monitori orqali vaziyatni ko'rib chiqib, qarorini o'zgartirmadi.

78. "Qizilqum" darvozasiga yana penalti belgilandi. Resan raqib jarima maydonida yiqitildi.

75. Ibragimovning olisdan yo'llagan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

71. "Qizilqum"da o'zgarish.

71. Hamdamovning zarbasi noaniq.

69. "Paxtakor"da o'zgarish.

68. Saitov noaniq zarba yo'lladi.

66. Ibragimovning olisdan yo'llagan zarbasi noaniq.

63. "Qizilqum" jarima uzatmasi Shukurullaevniing noaniq zarbasi bilan yakun topdi.

60. "Paxtakor"da ikki o'zgarish.

58. "Qizilqum" tarkibida ikki o'zgarish.

57. Rahmatullaevning tepgan to'pni Nazarov egalladi.

55. Flamarionning burchak uzatmasi qiyinchilik bilan bartaraf etildi.

50. Ilhom Kenjaboev qo'pollik uchun ogohlantirildi.

50. Papariga qo'pollik uchun chetlatildi. "Qizilqum" maydonda bir kishi kam bo'lib qoldi.

49. Papariga maydondan chetlatilishi mumkin. Hakam VAR monitori orqali vaziyatni ko'rib chiqmoqda.

46. Chap qanotdan uzatma natijasida Turg'unboev yaqin masofadan aniq zarba yo'llay olmadi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. "Qizilqum" tarkibida ikki o'zgarish.

Taym yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shildi.

44. GOL! Zaid Tahsin! Alijonovning jarimadan uzatmasini iroqlik himoyachi bosh bilan "Qizilqum" darvozasiga joyladi!

42. Norxonov hakamga etiroz bildirgani uchun ogohlantirildi.

40. Bo'riev markazda Norxonovga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun ogohlantirildi.

39. Erkinov raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqishi mumkin edi, ammo unga etib bormadi.

33. "Qizilqum" standarti Bekmurodovning noaniq zarbasi bilan tugadi.

32. "Paxtakor" hujumi besamar yakunlandi.

24. Flamarionga nisbatan qo'pollik ishlatgan Bozorov ogohlantirildi.

21. GOL! Sergeev penaltini aniq amalga oshirdi! Quvvatov to'p yo'nalishini topa olmadi.

Penalti belgilandi.

Hakam VAR monitori orqali "Qizilqum" darvozasiga ehtimoliy penaltini ko'rib chiqmoqda. G'ofurov jarima maydonida Abdumajidov bilan to'qnashdi.

16. Burchakdan uzatilgan to'pga Tahsin bosh bilan zarba berdi, Quvvatov o'z o'rnida.

13. Jigaurining jarimadan yo'llagan zarbasi "jonli devor"dan qaytdi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro “Paxtakor” — “Qizilqum” uchrashuvini kuzatib bormoqda.

11. Zarba! Turg'unboevning kuchli zarbasini Quvvatov qaytardi.

9. Flamarionning jarimadan uzatmasi qaytarildi.

7. Xavfli vaziyat! Flamarionning uzatmasini Turg'unboev darvozaga to'g'rilay olmadi.

7. Chap qanotdan aut uzatmasi Papariganing kuchsiz zarbasi bilan yakunlandi. 

3. Turg'unboev raqib bilan to'qnashdi.

2. Turg'unboev o'ng qanotda to'pni saqlab qola olmadi.

1. O'yin boshlandi.

Jamoalar maydonga chiqishdi. "Paxtakor" to'q binafsharang, "Qizilqum" qizil rangli liboslarda harakat qiladi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar