iks
ads

De Dzerbi: "Grinvud dunyoning eng futbolchilaridan biriga aylanishi mumkin"

  • Mr.NoBoDy 19.10.2025 18:16
  • 245
  • 30

Murabbiy shogirdining poker qayd etgani haqida gapirdi.

Roberto De Dzerbi Meyson Grinvud dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biriga aylanishi mumkinligiga ishonch bildirmoqda.

"Marsel" hujumchisi Liga 1 ning 8-turida "Gavr"ga qarshi o'yinda (6:2) poker qildi. "Manchester Yunayted" tarbiyalanuvchisi o'z faoliyatida birinchi marta bir o'yinda to'rtta gol urdi va hozirda Franciya chempionati to'purarlari ro'yxatida ikkinchi o'rinda bormoqda.

"Unda dunyoning eng zo'r futbolchilaridan biri bo'lish uchun zarur bo'lgan barcha fazilatlarga ega. Meyson juda istedodli, lekin u jamoa uchun yanada foydali o'ynashi kerak.

Men uni himoya qilmoqchiman, Grinvudni tanqid qilishlarini yoqtirmayman - u ko'p gol urdi, hech qachon mashg'ulotlarni qoldirmadi, ammo uning o'sishi uchun hali ko'p imkoniyatlar bor," - dedi "Marsel" bosh murabbiyi De Dzerbi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar