"Superligadagi birinchi golimni urganimdan xursandman. Jamoa menga ko'p yordam bermoqda. Bugun g'alaba qozondik. Nasib qilsa, yaqinda klub uchun yangi sovrin yutamiz", – dedi Zaid Tahsin.
- Iroq terma jamoasining JCH-2026 to'rtinchi bosqich saralashidagi o'yinlari haqida fikr bildirib o'tsangiz...
- Bundan juda afsusdaman. Bizga bor-yo'g'i bitta gol etishmadi. Nasib bo'lsa, BAAni engib, mundialga yo'l olamiz.
- Iroq uch kunlik farq bilan Indoneziya va Saudiya Arabistoni bilan to'qnash keldi. Zich taqvim jamoaga qanchalik noqulaylik tug'dirdi?
- Biz dastlabki o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Sababi besh kun vaqtimiz bor edi, Indoneziyadan keyin esa bor-yo'g'i uch kun vaqt bor edi. Bir kun tiklanishga va bizda faqatgina ikki kun qoldi. Jismoniy jihatdan qiynalib qoldik. Saudiya Arabistonidagi ob-havo ham juda issiq edi. Endi bularning barchasi haqida gapirishning foydasi yo'q. Barchasi ortda qoldi. Ko'proq mehnat qilib, mundialni ko'zlaymiz. BAAga qarshi o'yin oson kechmaydi, ammo biz JCHga chiqishni istaymiz.