Angliyalik futbolchi jamoada hozirgi jamoadoshi Manuel Noerga joy topdi va himoyachilardan Marselo, Jon Terri, Jorjo Kellini va Kayl Uokerni tanladi. Serxio Buskets, Zinedin Zidan va Andrés Inesta yarim himoyachi poziciyalariga joylashtirildi, hujum uchligi esa Krishtianu Ronaldu, Ronaldo va Lionel Messidan iborat bo'ldi.
Harri Keyn "Bavariya"da 2023 yildan buyon to'p tepadi. 32 yoshli futbolchi joriy mavsum Myunxen klubi safida 11 o'yinda 19 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.