iks
ads

Roy Kin: "Agar "Manchester Yunayted" bugungidek o'ynasa, Amorim yana 3 yil ishlaydi"

  • Mr.NoBoDy 20.10.2025 20:08
  • 168
  • 30

"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Roy Kin APL doirasida "Liverpul" ustidan qozonilgan g'alabadan (2:1) so'ng manchestrliklarni maqtadi.

"Bu "Manchester Yunayted" jamoasidan hozir haqiqatdan ham gol xavfini kutsa bo'ladi. Ularda o'tgan mavsum bu narsa yo'q edi. G'alabalar ishonch bag'ishlaydi, ammo endi davom etish va mavsumni yaxshi o'tkazish zarur. Agar "Manchester Yunayted" bugungidek o'ynasa, Amorim yana 3 yil ishlaydi", – dedi Kin.

Eslatib o'tamiz, MYU "Liverpul"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi. Ruben Amorim shogirdlari hozirda APL musobaqa jadvalida 9-o'rinda bormoqda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar