iks
ads

Lotar Matteus: "Dunyoda Harri Keyndan yaxshiroq hujumchini ko'rmayapman"

  • Mr.NoBoDy 21.10.2025 13:32
  • 299
  • 30

Germaniyalik afsonaviy yarim himoyachi, "Bavariya" sobiq futbolchisi Lotar Matteus Keyn haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Hozir men dunyoda Harri Keyndan yaxshiroq hujumchini ko'rmayapman. Nafaqat gollari tufayli, balki uning ko'p qirraliligi va o'ynayotgan poziciyalari tufayli ham. U o'zining pas beruvchiligi, dribling ustasi ekanligi bilan ajralib turibdi. U — to'purar, pleymeyker, "boks-tu-boks" o'yinchisi. Erling Holand va Kilian Mbappe o'z jarima maydonchasiga kelib jon holatda tashlanganini ko'rmaganman, Keyin "Borussiya" bilan o'yinning 88-daqiqasida to'pga sirg'algan holda tashlandi. Men Holand va Mbappe 50 metr yoki undan uzoqroq masofaga pas uzatganini ham ko'rmaganman.

Keynning o'yinini ko'rib, nega u "Oltin to'p" uchun ovoz berishda atigi 13-o'rinni egalladi, degan savol tug'iladi. Agar u shu suratda davom etsa, kelasi yili sovrinni qo'lga kiritishi mumkin, ammo bu jamoa muvaffaqiyat qozongan taqdirdagina amalga oshadi.

Robert Levandovski 2020 yilda "Bavariya" bilan Chempionlar Ligasida g'alaba qozondi va keyinchalik dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb topildi, ammo bu ikki futbolchini solishtirib bo'lmaydi. Keyn markaz hujumchisi o'yinini qaytadan kashf etdi, xuddi Manuel Noyer bundan o'n yarim yil avval darvozabonlar bilan qilganidek. Keyn 32 yoshda va uning shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan. Men u bilan shartnomani iloji boricha tezroq uzaytirgan bo'lardim", – dedi Matteus.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar