Bugun OFK vakillari Milliy futbol markaziga kelib, yangi bunyod etilgan zamonaviy futbol infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdi.
O'zbekiston futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov hamrohligida mehmonlar sport tibbiyoti markazi, sog'lomlashtirish va tiklanish bo'limlari hamda futbolchilar istiqomat qilishi uchun mo'ljallangan mehmonxona, VAR markazi, Respublika akademiyasi, yangi yopiq maydonni ko'rdi.