iks
ads

"Nottingem Forest" yangi bosh murabbiyi nomini elon qildi

  • Mr.NoBoDy 21.10.2025 13:56
  • 295
  • 30

"Nottingem Forest" jamoasi Shon Daychning yangi bosh murabbiy etib tayinlanganini tasdiqladi.

Daych "Forest" bilan 2027 yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi va bu mavsumda "o'rmonchilar"ning Nunu Eshpiritu Santu va Ange Postekogludan keyingi uchinchi murabbiyiga aylandi.

Postekoglu "Forest"da bor-yo'g'i 39 kun ishladi va o'tgan shanba kuni Premer-ligada "Forest"ning "Chelsi"ga 0:3 hisobida mag'lub bo'lishidan 17 daqiqa o'tib istefoga chiqarildi.

Daych "Everton" uni qo'yib yuborgan yanvar oyidan beri klubsiz edi. Ilgari u "Byornli" va "Uotford"da ham faoliyat yuritgan.

Daych Premer-ligada 330 dan ortiq o'yin o'tkazgan. Uning "Forest"dagi debyuti payshanba kuni Evropa Ligasi doirasida "Portu"ga qarshi kechishi rejalashtirilgan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar