iks
ads

Arteta "Arsenal" APLda favorit sifatida ko'rilishini istamaydi

  • Mr.NoBoDy 21.10.2025 14:24
  • 368
  • 30

Premer-liganing 8 turidan keyin Londonning "Arsenal" jamoasi peshqadamlik qilmoqda.

Biroq "kanonirlar" bosh murabbiyi Mikel Artetaga etakchilik shon-shuhrati tinchlik bermayapti.

Shimoliy London jamoasi menejeri "Arsenal"ni APLda favorit sifatida ko'rishni istamasligini, chunki u o'yindan o'yinga kuchayib borishni afzal ko'rishini takidladi.

"Men idrok etadigan yagona narsa – jamoa ko'rsatishi mumkin bo'lgan g'ayrat, shijoat, fidoyilik va sifatni ko'rish. Bu menga butun yo'lni bosib o'tishimiz mumkinligiga ishonch bag'ishlaydi. Lekin bu shunchaki hissiyot.

Biz ertasi kuni o'zimizni isbotlashimiz kerak. Bunday narsalarga chalg'imaslik va Premer-liganing har bir o'yinida g'alaba qozonishimiz zarur", – dedi Arteta.

Ўхшаш янгиликлар