iks
ads

Neymar: «Braziliyada hakamlikni ancha avval professional darajaga olib chiqish kerak edi!»

  • Mr.NoBoDy 21.10.2025 22:11
  • 2895
  • 30

«Santos» hujumchisi Neymar Braziliya A seriyasi musobaqasining 29-turida «Vitoriya»ga qarshi uchrashuvda (0:1) jamoasi darvozasiga penalti tayinlanganidan keyin o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida post qoldirdi. Raqib jamoa 11 metrlik zarbani golga aylantirdi. Uchrashuv «Vitoriya»ning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

“Braziliyada hakamlikni kecha emas, ancha avval professional darajaga olib chiqish kerak edi!” — deb yozdi Neymar.

Hozirgi vaqtda 33 yoshli hujumchi pay jarohatidan keyin tiklanish jarayonini o‘tamoqda. Neymar «Santos»ning uy stadioni — «Vila Belmeyru»da bo‘lib o‘tgan «Vitoriya»ga qarshi uchrashuvni tribunadan tomosha qildi. Futbolchining klub bilan tuzgan shartnomasi 2025 yil oxirigacha amal qiladi.

Ўхшаш янгиликлар