iks
ads

"Real" KONKAKAFga La Liga o'yinini o'tkazishga ruxsat bermaslikni so'rab murojaat qildi

  • Mr.NoBoDy 21.10.2025 22:40
  • 1363
  • 30

"Qirollik klubi" La Liga uchrashuvlarini Ispaniyadan tashqarida o'tkazishga qarshi.

"Real" Shimoliy va Markaziy Amerika hamda Karib havzasi mamlakatlari futbol konfederaciyasiga (KONKAKAF) to'g'ridan-to'g'ri murojaat qilib, Ispaniya Primerasining 17-tur doirasidagi "Vilyarreal" - "Barselona" o'yinini o'z hududida o'tkazmaslikni iltimos qilgan. Bu haqda Cadena SER xabar bermoqda.

Madrid klubi fikriga ko'ra, uchrashuvni Ispaniyadan tashqarida o'tkazish musobaqa yaxlitligini buzadi.

Bundan oldin "Real" o'yinni o'tkazmaslik uchun Ispaniya milliy sport kengashiga ikkinchi marta shikoyat yo'llagan edi. Birinchi shikoyat byurokratik chalkashliklar tufayli ikki oydan buyon ko'rib chiqilmoqda.

Ispaniya chempionatining 17-tur doirasidagi "Vilyarreal" - "Barselona" o'yini 20 dekabr kuni Mayamidagi "Hard Rock" stadionida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Ispaniya futbol amaldorlari bir necha yildan beri o'yinni chet elda tashkil etishga urinib kelmoqda.

Ўхшаш янгиликлар