
«Inter Mayami» klubi rasmiy sayti orqali 38 yoshli hujumchi Lionel Messi bilan shartnoma 2028 yilning oxirigacha uzaytirilganini ma’lum qildi.
«Bu yerda qolganimdan va loyihamizni davom ettirayotganimdan juda xursandman. Bu loyiha nafaqat orzuyim edi, balki haqiqiy go‘zal voqelikka aylandi — “Mayami Fridom Park” stadionida o‘ynash baxti. Mayamiga kelganimdan beri o‘zimni baxtli his qilib kelaman, shuning uchun bu yerda faoliyatimni davom ettirayotganimdan chin dildan mamnunman», — dedi Messi.
Messi «Inter Mayami» safida 2023 yil yozidan buyon to‘p surmoqda. Shu vaqt mobaynida u barcha musobaqalarda 82 ta o‘yinda maydonga tushib, 71 ta gol urdi va 37 ta golli uzatma berdi.