iks
ads

Leo Messi: "Bundan juda xursandman. Yangi stadionda o'ynashni intiqlik bilan kutyapmiz"

  • Mr.NoBoDy 23.10.2025 21:56
  • 211
  • 30

"Inter Mayami" futbolchisi Leo Messi klubi bilan shartnomani uzaytirgani haqida gapirdi.

"Shu erda qolib, ushbu loyihaning bir qismi bo'lishdan juda xursandman. "Mayami Fridom Park" - yangi stadionda o'ynash faqatgina hayolda emas, hayotda ham amalga oshishidan mamnunman. Ilk kunlardanoq Mayamidagi hayotim maqul keldi va shu jamoada qolishdan xursandman.

Yangi stadionda o'ynashni sabrsizlik bilan kutyapman. Biz yangi uyimizni ichidan ko'rish uchun uning tayyor bo'lishini kuta olmayapmiz, undan muxlislar ham xursand bo'lishini istaymiz. Bunday ajoyib stadionda o'ynash o'zgacha hissiyotlarni ulashadi", - dedi Messi.

Ўхшаш янгиликлар