iks
ads

Superliga. "Sho'rtan" - "Neftchi" 0:2 (matnli translyaciya)

  • Mr.NoBoDy 25.10.2025 18:24
  • 231
  • 30

Superliga 26-turi doirasidagi "Sho'rtan" - "Neftchi" o'yini boshlandi.

"Sho'rtan" — "Neftchi" 0:2 LIVE

25 oktyabr 2025 yil. G'uzor, "G'uzor" stadioni. 1911 tomoshabin. 

Hakamlar: Rustam Lutfullin, Ruslan Samandarov, Amal Sultonov, Mamurjon Ilhomov

Nazoratchi: Timur Galeev

VAR hakami: To'rabek Suyunov

AVAR hakami: Akmal G'iyosov

Komissar: Diyor Xotamqulov

Gol: Zoran Marushich 40, - 0:1. Vladimir Yovovich 88, - 0:2 (Jamshid Iskanderov). 

"Sho'rtan": 1.Shoxruhjon Eshbo'taev, 3.Shoxjahon Sultonmurodov, 4.Ulug'bek Xudayberdiev (s), 8.Abubakr Rizo Turdialiev (19.Nuriddin Hasanov, 84), 9.Po'latxo'ja Xoldorxonov, 10.Temur Mamasidiqov (11.Jasurbek Hakimov, 77), 14.Abrorbek Toshqo'ziev (88.Diyorbek Asomiddinov, 84), 15.Jo'rabek Mannonov (22.Sardor Sadullaev, 77), 21.Muhammadaziz Ibrohimov (45.G'anisher Qodirov, 62), 55.Azizbek Pirmuhammadov, 76.Islomjon Kenjaboev

Zaxira: 35.Sherzodbek Abduraimov, 17.Farruhbek Muxtorov, 70.Mirjalol Jumaev, 99.Sardorbek Saidov

"Neftchi": 1.Botirali Ergashev, 4.Boyan Ciger, 5.Ikromjon Aliboev, 7.Abrorbek Ismoilov, 9.Joel Kojo (32.Zoran Marushich, 7), 10.Jamshid Iskanderov, 11.Quvondiq Ro'ziev (6.Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 78), 20.Anvarjon G'ofurov (s), 21.Muhsinjon Ubaydullaev, 22.Alisher Odilov, (8.Vladimir Yovovich, 69) 23.Yovan Jokich

Zaxira: 45.Akbar To'raev, 24.G'ulom-Haydar G'ulomov, 33.Shoxruxbek Yoqubjonov, 34.Farruh Sayfiev, 70.Silvinus Nimeli, 77.Bilolxon Toshmirzaev. 

Ogohlantirishlar: Alisher Odilov 45+1, Quvondiq Ro'ziev 69, 


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH



90. Uchrashuvga 4 daqiqa qo'shildi 

88. GOL! Vladimir Yovovich! Iskanderovning to'p uzatishidan keyin Yovovich gol urdi - 0:2.

84. O'zgarishlar. "Sho'rtan". Turdialiev va Toshqo'ziev o'rniga Asomiddinov va Nuriddin Hasanov tushdi 

83. Zarba! Yo'ldoshevning chap qanotdan uzatgan to'pi himoyachiga tegib darvoza tomon bordi, Eshbo'taev to'pni ushlab oldi 

78. O'zgarish. "Neftchi". Ro'ziev o'rniga Ibrohimhalil Yo'ldoshev tushdi

77. O'zgarishlar. "Sho'rtan". Mannonov va Mamasidiqov o'rniga Sadullaev va Hakimov tushdi

69. Ogohlantirish. "Neftchi". Quvondiq Ro'ziev 

69. O'zgarish. "Neftchi". Odilov o'rniga Yovovich tushdi 

68. Zarba! Aliboev-Iskanderov-Jokich kombinaciyasi Yovanning noaniq zarbasi bilan tugadi 

67. "Sho'rtan"da jarima to'pi, samarasiz yakunlandi 

62. O'zgarish. "Sho'rtan". Ibrohimov o'rniga G'anisher Qodirov

60. Xavfli vaziyat. Iskanderovning aqlli uzatmasidan keyin Odilov jarima maydoniga kirib zarba berdi, uning zarbasi yo'liga Sultonmurodov to'g'anoq bo'ldi 

57. ZARBAA! Kenjaboevning to'p uzatishidan keyin Mamasidiqovning jarima maydoni ichidan yo'llagan kuchli va aniq zarbasidan keyin to'pni Ergashev qaytardi! 

56. Zarba. Abror Toshqo'zievning chamasi 25 metrlardan yo'llagan zarbasi kuchsiz va noaniq chiqdi 

55. ZARBA! Aliboevning to'p uzatishidan keyin Marushich jarima maydoni ichidan chap oyoqda zarba berdi, Eshbo'taev o'z o'rnida! 

52. Zarba. Yana Ismoilov zarba berdi, yana noaniq 

52. ZARBA! "Sho'rtan"da jarima to'pi, Ibrohimovning jarimadan yo'llagan zarbasidan keyin to'pni Ergashev egallab oldi 

49. Zarba! Abror Ismoilovning jarima maydoni ichidan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi 

46. Ikkinchi taym boshlandi


45+5. Birinchi bo'lim yakunlandi, hozircha 0:1

45+4. Zarba! Ro'zievning zarbasidan keyin Eshbo'taev to'pni ushlab oldi

45+1. Ogohlantirish. Alisher Odilov 

45. Birinchi taymga 5 daqiqa qo'shildi 

40. GOL! Zoran Marushich hisobni ochdi - 0:1. Iskanderov to'pni raqib jarima maydoniga uzatdi, Jokich to'p uchun kurashdi va to'p Xudoyberdievga tegib darvoza ustunidan maydonga qaytdi, qaytgan to'pni Marushich osongina darvozaga joylab qo'ydi. 25. "Neftchi" ketma-ket ikki bor burchak to'piga ega bo'ldi, ikkalasi ham samarasiz tugadi  

20. FAKT! Ortda qolgan 20 daqiqa davomida ikkala jamoa ham raqib darvozasi tomon aniq zarba bera olmadi 

20. Zarba! "Neftchi"da burchak to'pi, Ro'ziev uzatgan to'pni Marushich boshi bilan darvoza tomon yo'lladi, noaniq 

19. UXX! O'ng tomonda o'ynayotgan Toshqo'ziev to'pni havolatib jarima maydoniga uzatdi, Mamasidiqovning bosh bilan zarbasi noaniq ketdi 

17. Yana bir xavfli vaziyat. Aliboevning to'p uzatishidan keyin Ismoilov o'ng tomondan to'pni jarima maydoni ichiga uzatdi, to'p hech kimga tegmay maydonni yon tomondan tark etdi

16. Xavfli vaziyat. Bu safar mezbonlardan hujum, Xoldorxonov jarima maydoni ichida raqibni alday olmadi, aks holda... 

15. "Neftchi"ning hujumi, Abror Ismoilovning to'p uzatishi noaniq chiqdi 

7. Majburiy O'zgarish. "Neftchi". Jarohat olgan Kojo o'rniga Marushich tushdi

6. Kojoning jarohati jiddiy shekilli, zaxiradagi Marushich tayyorlanmoqda 

3. Joel Kojo to'p uchun kurashda jarohat oldi, shifokorlar unga yordam ko'rsatishdi. 

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv soat 16:30da boshlanadi. 

Ўхшаш янгиликлар