iks
ads

Vitaliy Levchenko: "Superligadagi barcha klublar hurmatga loyiq"

  • Mr.NoBoDy 25.10.2025 21:16
  • 1153
  • 30

Superliga 26-turidan o'rin olgan "Sho'rtan" - "Neftchi" (0:2) uchrashuvidan so'ng farg'onaliklar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- Taxmin qilganimizdek, raqib jamoada motivaciya yuqori bo'ldi. Chunki "Sho'rtan" Superligada qolish uchun kurash olib bormoqda. O'z navbatida biz ham chempionlikka harakat qilyapmiz va har bir bahs muhim sanaladi. G'alaba qozonganimizdan xursandman, oldinga qarab ishlashda davom etamiz.

- O'yinning boshidayoq Joel Kojoning jarohat olib maydonni tark etishi qanday tasir qildi?

- Albatta, bu yaxshi ish bo'lmadi. Chunki hech kim jarohat olishni xohlamaydi. Ayniqsa bizning hozirgi vaziyatda har bir jarohat katta yo'qotish hisoblanadi. Biz uchun har bir o'yinchimiz muhim. Endi Kojo oyog'ini MRT qildiradi va shundan so'ng shifokorlar tashxisini kutamiz. Unga sog'lik tilab qolaman.

- Bugun jamoangiz g'alaba qozonadi. Lekin statistika shuni ko'rsatyaptiki, "Sho'rtan" doim "Neftchi" uchun noqulay raqib bo'lgan. Sizningcha, "Neftchi"ning noqulay raqibi kim?

- Superligadagi barcha klublar hurmatga loyiq. "Sho'rtan"ni ham hurmat qilamiz. Ular jiddiy qarshilik ko'rsata olishdi. O'z navbatida biz ham har bir raqibga nisbatan hurmatda bo'lyapmiz. Bugun hujumda eng yaxshi jihatlarimizni namoyon eta oldik. G'alaba uchun yigitlarga rahmat aytaman.

- Zaxiradan tushganlar o'yin rejasiga qanchalik tasir qildi?

- Shuni aytishim kerak, men futbolchilarni asosiy va zaxira o'yinchisiga ajratmayman. Biz - bir jamoamiz va istalgan futbolchi istalgan paytda maydonga tushib jamoaga yordam berishi kerak. Klubimizdagi hamma professional.

Ўхшаш янгиликлар