
"An-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu yana bir bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi.
Portugaliyalik Saudiya Arabistoni chempionatining "Al-Hazma"ga qarshi o‘yinida 88-daqiqada gol urib, yakuniy hisobni o‘rnatdi - 2:0. Bu gol forvardning butun faoliyatidagi 950-gol bo‘ldi.
Krishtianu Ronaldu klub safida joriy mavsumda 8 ta o‘yinda 7 ta gol urdi. Umuman olganda, 2025 yil boshidan buyon 40 yoshli futbolchi 34 ta gol urdi.