
Myunxen klubi 2025/26 yilgi mavsumni ajoyib tarzda boshladi va 13 uchrashuvning barchasida 47:9 to'p farqi bilan g'alaba qozondi.
Bu Evropaning top-5 ligasi jamoalari uchun tarixdagi eng yaxshi starti hisoblanadi.
Nemis klubiga qadar eng yaxshi natijani "Milan" 1992/93 yilgi mavsumda qayd etgandi. O'shanda milanliklar ham mavsumning dastlabki 13 bahsda g'alaba qozonishgan. Biroq ularda gollar nisbati 45:13 edi.