iks
ads

"Manchester Yunayted" "Milan" forvardi uchun 100 mln evro sarflashga tayyor

  • Mr.NoBoDy 26.10.2025 14:56
  • 702
  • 30

Mankunianliklar "Milan"ning 26 yoshli portugaliyalik hujumchisi Rafael Leau uchun 100 mln evrogacha xarajat qilishga tayyor.

Insayderlarning takidlashicha, portugaliyalik MYUga o'tishda asosiy tarkibda kafolatlangan joyni talab qiladi, mankunianliklar esa bitim imzolangan taqdirda undan qanday foydalanishni rejalashtirayotgani haqida aniq reja taqdim etishi kerak bo'ladi. Leauning "Milan" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilga qadar imzolangan.

Portugaliyalik 2019 yildan buyon A Seriyada o'ynab kelmoqda. Futbolchi bu mavsumda Italiya chempionatida to'rtta o'yinda maydonga tushib, uchta gol urdi.

Ўхшаш янгиликлар