iks
ads

"Manchester Siti"da Gvardiolaning davomchisi kim bo'ladi?

  • Mr.NoBoDy 27.10.2025 15:32
  • 358
  • 30

"Manchester Siti" direktorlar kengashi jamoa sobiq sardori va "Bavariya"ning hozirgi bosh murabbiyi Vensan Kompanini Pep Gvardiolaning ehtimoliy o'rinbosari sifatida ko'rib chiqmoqda.

Bu haqda "TEAMtalk" malum qildi.

"Etixad"dagilar Kompani klub falsafasini chuqur tushunishi va ajoyib etakchilik fazilatlari orqali bosh murabbiy lavozimiga ideal nomzod bo'lishiga ishonishadi.

Kompani 2008 yildan 2019 yilgacha "Manchester Siti"da o'ynagan va ko'p yillar davomida jamoaga sardorlik qilgan. Belgiyalik mutaxassis 2024 yildan beri "Bavariya" bosh murabbiyi bo'lib ishlamoqda.

Ўхшаш янгиликлар