
O'yin "qaymoqranglilar"ning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
Bu gol 26 yoshli hujumchining "Barselona"ga qarshi faoliyatidagi 12-gol bo'ldi. "Opta Sports" malumotlariga ko'ra, u faqat ikkita klubga bundan ko'proq gol urgan.
Mbappe faoliyatidagi eng ko'p golini "Monpele"ga urgan — 15 ta. Ikkinchisi "Lion" bo'lib, Kilian bu jamoa darvozasini 13 marta ishg'ol qilgan.
"Barselona" — franciyalik forvard eng ko'p gol urgan uchinchi jamoa (12). Shuningdek, u "Mec", "Marsel" va "Dijon"ga qarshi o'yinlarda ham shuncha to'p kiritgan.