
"Bugungi bellashuvni markaziy uchrashuvlaridan biri edi deb aytsak bo'ladi. Oldingi turlarda yuqori o'rindagi jamoalar bilan bahsda munosib qarshilik ko'rsata olgandik. Bugun ham "Aral"dan ochko olishga harakat qildik. G'alaba uchun maydonga tushgandik, yaratgan imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik. Raqib kurashuvchan jamoa ekanini bilardik. Durang adolatli bo'ldi deb hisoblaymiz", – dedi Yusupov.
- Pro liga yakunlanishiga ikkita tur qoldi. Bu borada fikrlaringiz...
- Bizni oldinda safarda o'tadigan "Jayxun" bilan bahs kutib turibdi. Ular doim bosim uyushtiradigan jamoa, bizni oson o'yin kutmayapti. Oxirgi turda uyda "Olimpik"ni qabul qilamiz. Ikki uchrashuvda maksimal ochko yig'ishga harakat qilamiz.
- Jamoa ketma-ket to'rt turdan beri yutqazmadi. Bu futbolchilarga qanchalik tasir ko'rsatmoqda?
- Jamoada kayfiyat yaxshi. O'yindan o'yinga o'ziga bo'lgan ishonch kuchaymoqda. Hamma bir-birini yaxshi tushunmoqda. Besh turdan buyon yutqazmadik. Stadionda bizni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarga rahmat, ularni keyingi uchrashuvda ham kutamiz.