iks
ads

Superliga. Turning so'nggi bahsida "Surxon" "Andijon"ga hech qanday imkoniyat qoldirmay yirik hisobda mag'lub etdi

  • Mr.NoBoDy 27.10.2025 20:24
  • 341
  • 30

Superliga 26-turidan o'rin olgan "Surxon" – "Andijon" uchrashuvi yakunlandi.

"Surxon" – "Andijon" 4:0

gol: 11 - Rustam Turdimurodov, 21 - Behruz Karimov, 41 - Behruz Karimov (Muhammad-Ali Abdurahmonov), 52 - Javohir Jo'raev (Asilbek Jumaev)

Bosh hakam: Nayim Qosimov

Yordamchi hakamlar: Artyom Kalinin, Elnur Doniyorov

Zaxira hakami: Dilshod Ahmedov

Nazoratchi: Marat Ismoilov

VAR: Ravshan Abduvohidov

AVAR: Zilola Rustamova

Komissar: Vladimir Nazarov

"Surxon": 16.Dilshod Yo'ldoshev, 2.Behruz Karimov ( 7.Doston Tursunov, 83), 4.Nodirxon Nematxonov, 5.Jamaldin Xodjaniyazov, 6.Behzod Shamsiev, 10.Rustam Turdimurodov, 18.Nodir Abdixoliqov, 19.Muhammad-Ali Abdurahmonov (23.Kamron Yusupov,62), 22.Javohir Jo'raev (77.Asadbek Karimov.62), 27.Asilbek Jumaev, 99.Sunnatilla Poyonov.

Zaxira: 86.Davron Merganov,14.Sarvar Abduhamidov, 15.Diyor Ramazonov, 21.Tohir Ashurbaev,  24.Sherzod Komilov, 26.Behruz Shukurullaev, 

"Andijon": 31.Erjan Tokotaev, 3.Sunnatulloh Hamidjonov, 7.Ismoil Akinade, 8.Shahzod Azmiddinov (21.Asadbek Xabibullaev,46), 9.Saidumarxon Saidnurullaev (88.Shohjahon Yorqinboev.64), 13.Sardorbek Azimov (5.Abdulvohid G'ulomov,46), 18.Damir Temirov (11.Otabek Jo'raqo'ziev, 46), 22.Usmonali Ismonaliev, 26.Muhammadkarim Toirov, 27.Kristian Novak, 71.Bektemir Abdumannonov (23.Doniyor Abdumannopov, 46).

Zaxira: 1.Eldor Adhamov,  14.Abdurahmon Komilov, 16.Abdurahmon Abdullaev,  28.Bekzod Sulaymonov, 

Ogohlantirish. 24 - Sunnatulloh Hamidjonov, 88 - Doniyor Abdumannopov

Chetlatish. 35 - Ismail Akinade



YANGILASH



Uchrashuv yakunlandi

90. Hakam ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berdi

88. Abdumannopov ogohlantirildi

86. Jo'raqo'zievning jarimadan yo'llagan kuchli zarbasni darvozabon qaytardi

83. Doston Tursunov uchrashuv qahramoni Behruz Karimovning o'rniga maydonga tushdi

79. Behruz Karimovning zarbasi himoyachiga tegib, burchakka chiqib ketdi

73. Jumaevning uzatmasidan so'ng Xodjaniyazov zarba yo'lladi biroq noaniq

67. Muhammadkarim Toirovning uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi

66. Mezbonlar to'p nazoratiga ega bo'lishmoqda. Mehmonlar esa to'pni olishga qiynalishmoqda

64. O'zgarish Saidumarxon Saidnurullaev o'rniga Shoxjahon Yorqinboev maydonga tushdi

62. O'zgarishlar. Kamron Yusupov va Asadbek Karimov maydonga tushadi. Javohir Jo'raev va Muhammad-Ali Abudurahmonov uchun bahs yakunlandi

52. GOOOL. Mehmonlarning yana bir himoyachisi Javohir Jo'raev hisobni yanada yirik ko'rinishga keltirmoqda. Javohirning goliga Jumaev assist bo'ldi. Bugun mehmonlar himoyasiga savollar juda ko'p

51. Bugun mehmonlar himoyasi juda qo'pol xatolarga uo'l qo'yishmoqda. Turdimurodovning zarbasini To'kataev qaytardi

46. Ikkinchi bo'lim boshida mehmonlarda  to'rtta o'zgarish bo'ldi. Azimov, Abdumannonov, Azmiddinov va Temirov maydoni tark etdi, ularning o'rniga Jo'raqo'ziev, Abdumannopov, Habibullaev va G'ulomov maydonga tushdi

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi

45. Hakam birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berdi

45.Damir Temirovning uzoqdan yo'llagan zarbasini darvozabon ushlab oldi

41. GOOOL. Birinchi bo'limning o'zida hisob yirik ko'rinishga kelmoqda. Bu safar ham Behruz Karimov gol urmoqda. Muhammad-Ali Abdurahmonovdan assist

37. Azmiddinov va Tokatev o'rtasidagi tushunmovchilik sal qolsa qimmatga tushishi mumkin edi. Mehmonlar baxtiga to'pni Erjan ushlab oldi

35. Chetlatish. Nasim Qosimov VAR marinotirga bordi va vaziyatni yaxshilab o'rganib, mehmonlar hujumchisiga qizil ko'rsatdi

32. Ogohlantirish. Endi esa Ismail Akinade ogohlantirilmoqda

29. Asilbek Jumaevning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi. Surxonliklar ikkita golni uzoqdan urganidan so'ng yanada ko'proq uzoq masofadan zarbalar yo'llashga harakat qilmoqda

24. Ogohlantirish. Sunnatulloh Hamidjonov qo'pol harakati uchun ogohlantirildi

21. GOOOL. Behruz Karimov uzoqdan super gol urmoqda

11. GOOOL. Rustam Turdimurodov uzoqdan sobiq jamoasining darvozasiga gol urmoqda. Ushbu golda "Andijon" sardori Temirov xatoga yo'l qo'ydi. To'p esa Turdimurodovga etib keldi, hujumchining uzoq masofadan yo'llagan kuchli zarbasi oldida mehmonlar darvozavoboni ojiz qoldi.

9. Burchak zarbasidan so'ng Azmiddinov boshi bilan zarba yo'lladi, biroq zarba ancha noaniq ketdi

5. Hozircha uchrashuv asosan maydon markazida o'tmoqda. Har ikki jamoaning hujumlari xavfli chiqmadi

Uchrashuv boshlandi!

Ўхшаш янгиликлар