Giorgi Papava: "Mavsumni qanday boshlaganimiz haqida gapirishga hali erta"

  • Mr.NoBoDy 07.04.2025 15:56
  • 234
  • 30

Superliganing 4-turidan o'rin olgan OKMK – "Dinamo" (0:0) uchrashuvidan so'ng olmaliqliklarning gruziyalik futbolchisi Giorgi Papava o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Chempionatda oson o'yinlarning o'zi yo'q. Har bir jamoaga qarshi bor kuchni ishlatishga to'g'ri kelmoqda. Bugun birinchi bo'limni juda sust o'tkazdik. Umuman hech narsa o'xshamadi. Tanaffusdan so'ng esa o'yinimizni yaxshilab oldik va vaziyatlar yaratdik. Afsuski, raqib darvozasini ishg'ol eta olmadik va uchrashuv durang bilan yakunlandi.

Biz dastlabki uchrashuvlarda g'alaba qozondik va bugun durang qayd etdik. Hozir mavsumni qanday boshlaganimiz haqida gapirishga hali erta. Mavsum juda uzoq davom etadi. Muhimi, doimiy tarzda g'alaba qozonish va ochkolar to'plab borish. Shundagina mavsum so'ngida yuqori o'rinlarni egallay olamiz" - deya aytib o'tdi Giorgi Papava uchrashuvdan yakunlanganidan so'ng.


Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar