Saudiya Arabistoni klubi ilk taklifida futbolchini 40 mln evro evaziga sotib olishi mumkinligini bildirgan. Biroq Italiya klubi 26 yoshli futbolchisi uchun ko'proq so'ramoqda.
"Al Qodisiya" futbolchining agenti bilan ham muloqotlar olib bormoqda. Hozircha tomonlar bu borada kelishuvga erishganicha yo'q.
O'tgan mavsumda Retegi A Seriyaning 36 o'yinida 25ta gol urdi.