iks
ads

O'zbekiston U-15 terma jamoasi Koreya bilan o'rtoqlik uchrashuvlarida qatnashadi

  • Mr.NoBoDy 28.10.2025 19:24
  • 309
  • 30

O'zbekiston U-15 terma jamoasi 29 oktyabr kuni Milliy futbol markazida o'quv-mashg'ulot yig'iniga kirishadi.

Ayder Kurbaev boshqaruvidagi terma jamoa yig'in doirasida Koreya U-15 jamoasiga qarshi ikkita o'rtoqlik o'yinida ishtirok etadi.


5 noyabr. 15:00

O'zbekiston – Koreya Respublikasi 


8 noyabr. 15:00

O'zbekiston – Koreya Respublikasi 



Bosh murabbiy tomonidan yig'inga jalb etilgan futbolchilarning ro'yxati bilan tanishing:

Darvozabonlar: Aziz Berdiev ("Odil Ahmedov" FA), Ulug'bek Qayumov ("Sho'rtan"), Suhrob Tojiqulov ("Toshkent" FA), Dilshod To'raev ("Navoiy" FA).

Himoyachilar: Hojiakbar Zulfiqorov ("Toshkent" FA), Azizillo Erkinjonov ("Bunyodkor"), Abdulaziz Abdujalilov ("Neftchi"), Muslim Komilov (OKMK), Abubakr Mamatov ("Odil Ahmedov" FA), Jo'rabek Nig'matxo'jaev ("Sirdaryo" FA), Siddiq Tilloev ("Paxtakor"), Abdulaziz Bobirov ("Oq-tepa").

Yarim himoyachilar: Temur Rahmonqulov ("Termez SS"), Diyor Uskenboev ("Oq-tepa"), Usmon Shuhratillaev ("Do'stlik"), Hasan O'ralov ("Nasaf"), Doniyor O'ktamov ("Jizzax" FA), Sanjar Aminov ("Xorazm" FA), Fayz Achilov ("Oq-tepa").

Hujumchilar: Hasanboy Payitdinov ("Fergana FS"), Muhammadjon Muhammedov ("Mashal"), Kamoliddin Akbaraliev ("Bunyodkor"), Behruz Odilov ("Andijon" FA), Abdulloh Xolmamatov ("Bunyodkor"), Emmanuel Emonkpaire ("Paxtakor"), Umid Qobilov ("Oq-tepa").

Ўхшаш янгиликлар