iks
ads

Aleksandr Merzlyakov: "2010 yilgi "Bunyodkor"ga qarshi kubok finalini esimdan chiqara olmayman, bugun nima bo'lishini yakunda bilamiz"

  • Mr.NoBoDy 29.10.2025 10:24
  • 332
  • 30

"Buxoro" va "Paxtakor" jamoalari sobiq futbolchisi Aleksandr Merzlyakov O'zbekiston Kubogi finali oldidan jamoalarning imkoniyatlarini baholadi.

"Faoliyatimdagi finallarga kelsak, 2010 yil "Sho'rtan" bilan O'zbekiston Kubogi finaliga chiqqan edik. Eslashni istamayman, lekin munosib harakat qilgandik. Buni yoddan chiqara olmayman. O'shanda "Bunyodkor"da top darajadagi futbolchilar yig'ilgandi. Birgina gol o'yin taqdirini hal qilgan. 

Ertangi o'yin qiziqarli, muxlislarni zeriktirmaydigan darajada o'tishini kutmoqdaman. Men "Buxoro", "Paxtakor" libosini kiyganman. Kim kuchli bo'lsa, o'sha jamoa yutuqni o'ziniki qiladi. Stadionda ajoyib atmosfera bo'lsa kerak. To'g'ri, o'yinda ustunlik "Paxtakor" tomonida bo'lar. Lekin "Buxoro" ham borini beradi. Nima yuz berishini yakunda bilamiz",- deydi Merzlyakov.

Ўхшаш янгиликлар