iks
ads

Futzal. O'zbekicton qurada 2-savatchada bo'ladi

  • Mr.NoBoDy 29.10.2025 14:00
  • 633
  • 30

OFK rasmiy sayti futzal bo'yicha Osiyo chempionati qurasi oldidan bazi malumotlarni taqdim etdi.

Malumki, navbatdagi futzal Osiyo chempionati 2026 yilning 27 yanvar - 7 fevral kunlari Indoneziyada bo'lib o'tadi va bunda O'zbekiston futzal milliy terma jamoasi ham ishtirok etadi.

5 noyabr kuni ushbu musobaqaga qura tashlash marosimi o'tkaziladi. Malumot sifatida OFK savatchalarni keltirib o'tgan. Osiyo chempionatida 16ta terma jamoa itirok etadi. 


1-savatcha: Indoneziya (mezbon, 23), Eron (5), Tailand (11), Yaponiya (13).

2-savatcha: O'zbekiston (19), Vetnam (26), Afg'oniston (33), Iroq (41).

3-savatcha: Quvayt (43), Tojikiston (46), Saudiya Arabistoni (48), Qirg'iz Respublikasi (49).

4-savatcha: Avstraliya (53), Livan (54), Janubiy Koreya (73), Malayziya (81).


Izoh: Jamoalar FIFA reytingining 29 avgust holatiga ko'ra savatchalarga ajratilgan bo'lib, qavs ichidagi raqamlar terma jamoalarning reytingda tutgan o'rnini bildiradi.

Ўхшаш янгиликлар