
Argentina terma jamoasi va "Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi JCH-2026 oldidan o‘z jismoniy tayyorgarligini saqlab qolish uchun MLSdagi tanaffus vaqtida Saudiya Arabistoni jamoasiga qo‘shilishga qiziqish bildirgan. Biroq Saudiya Arabistoni sport idoralari bu g‘oyani rad etishdi, chunki ular o‘z ligalarini mashg‘ulotlar yig‘iniga aylantirmoqchi emaslar.
Manba bergan xabarga ko‘ra, Messining atrofidagilar o‘tgan yozda bo‘lib o‘tgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionati vaqtida argentinalik futbolchining Saudiya Arabistoniga transferi bo‘yicha muzokara o‘tkazishga uringan.
Futbol bo‘yicha jahon chempionati shu yilning yozida uchta davlatda bo‘lib o‘tadi: AQSH, Kanada va Meksika.
 
							 
							