
Lisandro Martines "Manchester Yunayted" bilan mashg'ulotlarni boshladi.
"Manchester Yunayted" himoyachisi bugungi mashg'ulotda asosiy tarkib futbolchilari bilan birgalikda ishtirok etdi.
Argentinalik futbolchi 2 fevral kuni "Kristal Pelas"ga qarshi o'yinda (0:2) tizzasining xochsimon bog'lamidan jarohat olgan va o'shandan beri maydonga tushmagandi. U jarrohlik amaliyotidan o'tgan edi.
 
							 
							