iks
ads

Vitaliy Denisov: "Guruhdan chiqishimizni istardim. Kannavoroning murabbiy sifatidagi porlashi O'zbekistondan boshlanadi"

  • Mr.NoBoDy 31.10.2025 11:40
  • 264
  • 30

O'zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi Vitaliy Denisov saytimizga kichik intervyu berdi.

"Men yaxshi futbol uchun muxlislik qilgani keldim. O'yinni izohlashni istamayman, chunki bazi savollar bor. Demak, bularning barchasi vakolatli organlarning ixtiyorida. Federaciyada odamlar bor, ular vaziyatni o'rganib, hukm chiqarishadi", - dedi Vitaliy Denisov O'zbekiston kubogi finalidan so'ng.

- 5 dekabr kuni Vashingtonda qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi. Terma jamoamizga kimlar raqib bo'lishini istardingiz?

- Menimcha, ko'proq top terma jamoa bo'lishini istardim. Braziliya deysizmi, Franciya deysizmi, bilmadim, yana kimlar bor, Germaniya, Italiya. Nima bo'lganda ham, shunchaki ishtirok etish uchun harakat bo'lmasligi kerak. Hech bo'lmaganda, vazifani bajarishni, yani guruhdan chiqishimizni istardim. U yog'ini keyin ko'ramiz.

- Fabio Kannavaroning terma jamoa bosh murabbiyi etib tayinlangani haqida qanday fikrdasiz?

- Menga taalluqli bo'lmagan savol. Bunday qarorlarga javobgar insonlar bor, ular yuqorida o'tiradi, ularga malumroq. Men bu haqda hech qanday izoh bera olmayman va bunga haqqim ham yo'q. Futbolchilarning vazifasi gap sotish emas, futbol o'ynash. Agar shunday qarorga kelishgan bo'lsa, demak, shunday qilish kerak bo'lgan. Men bu erda hech narsa deya olmayman. Umid qilamanki, Kannavoroning murabbiy sifatidagi porlashi O'zbekistondan boshlanadi. Aynan terma jamoalar murabbiyi sifatida. Klub murabbiylari bor va terma jamoalar uchun ko'proq mos tushadigan "coach"lar bor. Agar u terma jamoa yo'lini tanlagan bo'lsa, umid qilamanki, bizning terma jamoa u uchun eng muvaffaqiyatli ish joyi bo'ladi. Ilohim, hammasi terma jamoa uchun yaxshi yakun topadi.

- MTJ JCH yo'llanmasini qo'lga kiritgan o'yinda "Bo'ldi yigitlar, jomadonlarni yig'ishtiramiz va mehmonxonalarni band qilamiz. Biz JCHga chiqdik" deb aytdingiz. Sizga terma jamoa o'yinlarini tomosha qilish uchun AQSHga bormoqchimisiz?

- Borishni juda ham istardim, ammo hozirgi kunda viza olish qiyinlashib ketdi. Agar iloji bo'lsa, albatta boraman.



Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi


Ўхшаш янгиликлар