
Bu Asror Aliqulov shogirdlarining 132 kun deganda ilk g'alabasi bo'ldi. "Sho'rtan" so'nggi marta 22 iyun kuni o'z maydonida "Surxon"ni 2:1 hisobida mag'lub etgandi.
Shundan keyin jamoa kubokning bir bahsi bilan hisoblaganda 14 uchrashuvda ishtirok etdi va shularning 3tasida durang o'ynadi, qolgan bahslarda mag'lub bo'ldi.
Ayni damda "Sho'rtan" hisobida 15 ochko bor, jamoaning Proligaga tushib ketishi ushbu turdayoq aniq bo'lishi ham mumkin.