iks
ads

Bugun FIFA U-17 Jahon chempionati oldidan ishtirokchi jamoalar rasmiylari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

  • Mr.NoBoDy 02.11.2025 21:11
  • 253
  • 30

Ertaga, 3 noyabr kuni Qatar mamlakatida FIFA U-17 Jahon chempionati start oladi. Unda Islombek Ismoilov boshqaruvidagi O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Osiyo chempioni sifatida ishtirok etadi.

Bugun turnir oldidan ishtirokchi jamoalar rasmiylari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda FIFA va mahalliy tashkiliy qo‘mita tomonidan uchrashuvga oid masalalar, xususan, reglament, tibbiyot, xavfsizlik, media va marketing yo‘nalishlari yuzasidan tushuntirish va eslatmalar berib o‘tildi.

Ma’lumot o‘rnida, 17 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi FIFA Jahon chempionati joriy yilning 3–27 noyabr kunlari Doha shahridagi “Espayr” akademiyasi maydonlarida bo‘lib o‘tadi. Final uchrashuvi esa “Xalifa” xalqaro stadionida o‘tkaziladi. O‘zbekiston U-17 terma jamoasi turnir doirasidagi ilk uchrashuvni 5 noyabr kuni Paragvayga qarshi o‘tkazadi.

Ўхшаш янгиликлар