iks
ads

Ivan Boshkovich: "Kam gol o'tkazayotgan jamoaga 3 ta urdik"

  • Mr.NoBoDy 02.11.2025 21:24
  • 258
  • 30

Superliganing 27-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Qizilqum" (3:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Ivan Boshkovich matbuot anjumanida ishtirok etdi.


"Bugun haqli g'alabaga erishdik. Uchta gol urdik va gol o'tkazmadik. Barcha rejalashtirgan ishlarimiz o'xshadi. Ikkinchi taymda "Qizilqum" ko'proq hujumga o'tdi va bizga ko'p bo'sh zonalar qoldirdi. Uchinchi goldan keyin raqibda imkoniyat qolmadi. Biz oxirigacha tartibli himoyalandik. Himoyachilarimizning o'yini meni qoniqtirdi. Barcha futbolchilardan qoniqdim. Kam gol o'tkazayotgan jamoaga bugun biz 3 ta gol ura oldik.

Shohruh Isaqov o'z imkoniyatini kutdi va o'ziga berilgan imoniyatdan foydalanmoqda. Uchta o'yin o'tkazdi va uchalasida g'alaba qozondik. Uni katta kelajak kutmoqda.

Bugungi g'alaba juda muhim edi. Sababi bilasiz 4 ta jamoa pley-offda o'ynaydi. Endi menimcha keyingi mavsum haqida bosh qotirsak bo'laveradi, chunki imkon qadar yuqori o'rinlarga chiqib oldik", - dedi Ivan Boshkovich. 

Ўхшаш янгиликлар