iks
ads

Messi JCH-2026'da yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asosiy muammo haqida gapirdi

  • Mr.NoBoDy 03.11.2025 10:44
  • 137
  • 30

“Inter Mayami” hujumchisi va sardori Lionel Messi 2026-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etish masalasida o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qarorga eng katta ta’sir qiluvchi omil — o‘ynash istagi va jismoniy holat bo‘ladi:

“Eng avvalo, bu istak bilan bog‘liq. Hozirgi kunda menda katta istak bor. Lekin o‘zimni yaxshi his qilishim, jamoaga foyda keltirishim va eng yuqori darajada o‘ynashim ham muhim. Terma jamoa safida o‘ynash — doim alohida tuyg‘u, ayniqsa Jahon chempionatida. O‘ylaymanki, bu turnir o‘ziga xos bo‘ladi: tashkilot darajasi yuqori, lekin mamlakatlar orasidagi parvozlar bir oz charchatadi. Shunga qaramay, yana Jahon chempionatida ishtirok etish, qo‘lga kiritgan unvonni himoya qilsak, ajoyib bo‘lardi”, dedi Messi jurnalist Fabrisio Romano bilan suhabtda.

Eslatib o‘tamiz, Messi Argentina terma jamoasi bilan 2022-yilgi Jahon chempionatida g‘alaba qozongan bo‘lib, finalda Fransiyani penaltilar seriyasida mag‘lub etgan edi.

Ma’lumot uchun, hujumchi joriy mavsum “Inter Mayami” safida jami 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 40 ta gol hamda 19 ta golli uzatma muallifiga aylangan.

Ўхшаш янгиликлар