iks
ads

Artyom Petrosyan: "Ikkita golni o'zimiz raqibga "sovg'a" qildik"

  • Mr.NoBoDy 03.11.2025 18:24
  • 324
  • 30

Bugun Pr oliga 19-turidan "Olimpik" – "Aral" uchrashuvi bo'lib o'tdi. "Do'stlik" stadionida kechgan bahsda "Aral" 3:0 hisobida g'alaba qozondi.

O'yindan keyingi matbuot anjumanida "Olimpik" bosh murabbiyi Artyom Petrosyan fikrlarini bildirdi.

- O'yin haqida fikringiz...

- Nima ham derdim, borishimiz shu. "Aral"ni g'alaba bilan tabriklayman. Birinchi taymni yomon o'tkazmadik. Ikkinchi bo'lim oxirlarida esa o'zimiz raqibga ikkita gol "sovg'a" qildik. Hisob 0:1 paytida gol urib tenglashtirganimizda hammasi boshqacha bo'lishi mumkin edi. O'tkazib yuborilgan ikkinchi gol "Aral"ga "sovg'a" bo'ldi, uchinchi golni esa gapirmasa ham bo'ladi. O'sha vaziyatda koncentraciyani yo'qotib qo'ydik.

- "Olimpik" oxirgi turni Farg'onada "FarDU"ga qarshi o'tkazadi. Bunday holatda jamoa tayyorlash qanday kechadi?

- Qiziq savol. Albatta, oxirgi tur biz uchun hech narsani hal qilmaydi. Biroz dam olib, shu o'yinga hozirlik ko'ramiz. Oxirgi turda klubimiz shani uchun maydonga tushamiz. Hali bu o'yingacha ikki hafta bor. Yaxshi tayyorgarlik ko'rib, bor kuchimiz bilan o'ynashga harakat qilamiz.

Ўхшаш янгиликлар