
Manbaning xabariga ko'ra, italiyaliklar 20 yoshli angliyalik futbolchini 2026 yil yanvar oyida sotib olish bandi bilan ijaraga olish niyatida.
Shuningdek, "Napoli" Maynuga "Manchester Yunayted"dagi maoshi — haftasiga taxminan 40 000 evroni to'lashga tayyor. Futbolchining o'zi ingliz klubini tark etishni istaydi. U 2026 yilgi Jahon chempionatida Angliya terma jamoasi tarkibiga kirish imkoniyatiga ega bo'lish uchun ko'proq o'yin vaqtiga ega bo'lmoqchi.
Maynu 2025/26 yilgi mavsum 8 o'yinda 1 ta golga assistentlik qildi. Uning shartnomasi 2027 yil 30 iyungacha amal qiladi.
Transfermarkt uning transfer qiymatini 45 million evro deb baholamoqda.