
Qarshining "Nasaf" jamoasi o'z maydonida BAAning "Al Vahda" jamoasini qabul qildi. Qiziqarli kechgan bellashuvda Joze Moraish shogirdlari 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Shu tariqa portugaliyalik mutaxassis boshqargan jamoalar xalqaro maydonda o'zbek klublariga engilayotgani yo'q.
Malumot uchun Moraish avvalroq "Sepaxon" murabbiyi sifatida ikki bor OKMKni taslim qilgan edi.