iks
ads

Superliga so'nggi turi va pley-off sanalariga oydinlik kiritildi

  • Mr.NoBoDy 04.11.2025 13:08
  • 295
  • 30

Superliga 30-tur uchrashuvlari uchun sana belgilashda Liga qanday omillarni hisobga olishini malum qildi.

- "Andijon" klubining 26 noyabr kuni xalqaro musobaqa doirasida maydonga tushishi; 

- 30-turda maksimum 4 ta uchrashuvda VAR texnikasidan foydalanish imkoniyati mavjudligi; 

- 8 ta uchrashuv bir vaqtda start olsa, ularning barchasini teletranslyaciya qilish imkoniyati cheklanganligi. 

Musobaqa o'zining qizg'in pallasiga kirib borayotganidan kelib chiqib, barcha uchrashuvlar sanasini hozirning o'zidayoq elon qilish murakkab. Boisi, so'nggi turda parallel o'yinlar natijasiga bog'liq bo'lmagan bir yoki bir nechta uchrashuvni ajratib olish Ligaga nisbatan engillik yaratishi mumkin. Biroq 8 ta uchrashuvdan aynan qay biri bunday maqomda bo'lishi hozircha malum emas.  

“Superliga va Proliga reglamenti”dan kelib chiqib, Liga uchrashuvgacha eng kamida 20 kun vaqt qolguniga qadar uning joyi hamda sanasiga oydinlik kiritishi lozim. Mazkur band klublar yo'l chiptalari hamda mehmonxonalarga buyurtma berishga ulgurishini hisobga olgan holda kiritilgan. So'nggi turga etibor qaratilsa, ikki bellashuv bu borada nisbatan noqulaylik keltirib chiqarishi mumkin. Shundan kelib chiqib, Liga ayrim masalalarga oydinlik kiritishni lozim deb topdi. 

Har qanday holatda ham 30-turning asosiy uchrashuvlari 30 noyabr — yakshanba kuni o'tkaziladi va bunda uchrashuvlar 15:00 da start oladi. Shundan kelib chiqib, “Neftchi” hamda “Surxon” klublari uzoq safar uchun yo'l chiptalarini xarid qilishda mazkur sanani inobatga olishlari mumkin: 

Superliga 

30-tur

30 noyabr, yakshanba

"Xorazm" – "Neftchi"

"Buxoro" – "Surxon"

Qolgan 6 uchrashuv mehmonlarida raqib maydoniga poezd yoki samolyotsiz etib olish imkoniyati nisbatan ko'proq. Liga ulardan vaziyatni to'g'ri baholagan holda 30-tur uchrashuvi rejasini ishlab chiqayotganda mazkur holatni inobatga olishni so'radi. Har qanday holatda 30-turda yuqoridagi ikki uchrashuv natijasiga bevosita tasir ko'rsatishi mumkin bo'lgan uchrashuvlar bir vaqtda start olishi taminlanadi.  

Yana bir necha kun ichida yuqorida qayd etilgani bo'yicha parallel o'yinlarga tasir ko'rsatmaydigan biror uchrashuv ajralib chiqsa, Liga o'sha uchrashuvni 29 noyabr kuni tashkil etish masalasini ilgari surishi mumkin. Bunda uchrashuv davomida VAR texnikasidan foydalanish va uni teletranslyaciya qilish imkoniyati ortadi. Bu bilan 8 ta uchrashuvning nisbatan ko'prog'ida mazkur masala qamrab olinishi mumkin bo'ladi. 

Shuningdek, Superliga mavsumini 12, 13, 14 hamda 15-o'rinda yakunlaydigan jamoalar pley-off uchrashuvlarida ishtirok etadi. Uning birinchi bosqichi reglamentda belgilab qo'yilgani kabi 12 hamda 13-o'rindan joy olgan klublar maydonida bo'lib o'tadi. Quyida pley-off o'yinlari sanalari keltirib o'tilgan:

Pley-off    

I bosqich 

5 dekabr, juma 

Superliga 12 — Superliga 15

Superliga 13 — Superliga 14 

Masalan, hozirgi holatda "Surxon" "Xorazm" bilan, "Mashal" esa "Buxoro" bilan bahs yuritadi.


Pley-off    

II bosqich 

10 dekabr, chorshanba


Pley-off     

III bosqich 

14 dekabr, yakshanba

Klublar Superligani 15-o'rinda yakunlagan jamoa pley-offning barcha o'yinlarini safarda o'tkazishini inobatga olish lozim.

Ўхшаш янгиликлар