iks
ads

Neymar yana Braziliya terma jamoasi qaydnomasidan chetda qoldi

  • Mr.NoBoDy 04.11.2025 08:44
  • 239
  • 30

"Santos" hujumchisi Neymar Braziliya terma jamoasining 2025 yildagi so‘nggi ikki o‘rtoqlik o‘yini qaydnomasidan o‘rin olmadi.

15 noyabr kuni Braziliya Londonda Senegal bilan, 18 noyabrda esa Fransiyaning Lill shahrida Tunis bilan o‘ynaydi.

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti 33 yoshli Neymarni chaqirilgan futbolchilar ro‘yxatiga kiritmadi. Shu bilan birga, u yerga "Palmeyras" hujumchisi Vitor Roke kirdi.

Avvalroq Neymar tizza osti payidan olgan jarohatidan forig‘ bo‘lgan va Braziliya chempionatining "Fortaleza"ga qarshi o‘yinida (1:1) maydonga tushgandi.

Ўхшаш янгиликлар