iks
ads

MYU "Barselona" sobiq futbolchisi bilan shartnoma imzolashi mumkin

  • Mr.NoBoDy 04.11.2025 17:48
  • 216
  • 30

"Palmeyras"ning 20 yoshli hujumchisi Vitor Roke Evropaga qaytish ehtimoli bor.

Bu haqda "Diario Sport" xabar tarqatdi. 

Manbaning xabar berishicha, "Manchester Yunayted" "Betis" va "Barselona" sobiq hujumchisiga qiziqish bildirmoqda. "Qizil iblislar" Roke uchun taxminan 50 million evro to'lashga tayyor. Bu holda "Barselona" bu kelishuvdan 10 million evro ishlab oladi, chunki klub braziliyalik futbolchining 20 foiz huquqlariga egalik qiladi.

Roke shu yil boshida o'z vataniga qaytdi. U "Palmeiras" safida 50 o'yinda maydonga tushib, 17 ta gol va 5 ta golli uzatmani hisobiga yozib qo'ygan. 

Ўхшаш янгиликлар