iks
ads

Arteta Gyokeresh safdan chiqqanini malum qildi

  • Mr.NoBoDy 04.11.2025 18:32
  • 468
  • 30

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta hujumchi Viktor Gyokereshning holati haqida gapirdi.

"Men xavotirdaman, chunki uning mushaklarida biron bir muammo yo'q edi. U maydonni tark etayotganida noqulaylik his etdi. U "Slaviya"ga qarshi o'ynolmaydi. Mashg'ulot ham o'tkazmadi. Jarohatning darajasini aniqlash uchun keyingi bir necha kun ichida yana bir nechta tekshiruvdan o'tadi. Aytganingizdek, u juda yaxshi kayfiyatda edi, juda yaxshi formada edi. U jamoa uchun juda muhim, lekin bugun tarkibda bo'lmaydi", – dedi ispaniyalik murabbiy.

27 yoshli shveciyalik 2025/26 yilgi mavsum 14 o'yinda 6 ta gol urdi.

"Arsenal" ECHL 4-turida safarda "Slaviya" bilan bahs yuritadi. O'yin bugun Toshkent vaqti bilan 22:45 da boshlanadi.

Ўхшаш янгиликлар