
. O'yin oldidan odatdagidek matbuot anjumani tashkil etildi. Unda dastlab "Andijon" bosh murabbiyi Maksim Shatskix va futbolchi Usmonali Ismonaliev ishtirok etib, o'z fikrlarini bildirdilar.
- Bu o'yinga qanday tayyorgarlik ko'rildi?
Maksim Shatskix: - Hammaga xayrli kech. Bu uchrashuvga har doimgidek - chempionat va OCHL bahslaridagi tayyorgarlik kabi hozirlik ko'rdik. Men ishonamanki, hamma turnir jadvalidagi holatni biladi. Ushbu uchrashuv muhimligini ham anglab turibmiz. Biz jiddiy tayyorgarlik ko'rdik va tayyormiz. Qanaqa natija bo'lishini ertaga o'yindan keyin ko'ramiz.
Usmonali Ismonaliev: - Bu raqib bilan o'ynaganimizga hali ko'p vaqt bo'lgani yo'q. Birinchi uchrashuvda ikkala jamoa bir-birini yaxshi o'rgandi, deb o'ylayman. Xudo xohlasa, o'zimizga yarasha tayyorgarlik ko'rib keldik. Bekorga kelganimiz yo'q. Bu oddiy uchrashuv emas. Nasib bo'lsa, uch ochko bilan qaytishga harakat qilamiz. Murabbiylarning ko'rsatmalarini to'liq bajarsak, uyga g'alaba bilan qaytamiz.