
– Bilasanmi, menga nima alam qiladi? Ilgari sen "Arsenal" futbolchisi bo'lishing mumkinligini aytgan eding. Arsen Venger bilan uchrashgansan, hamma narsa kelishilgan edi. Bilasanmi, bu ishning amalga oshmagani uchun kimni ayblayman? Jon O'Shini. Chunki o'shanda "Sporting" "Manchester Yunayted" bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazgan va sen O'Shiga shunchalik qiynagasanki, Fergyusonga "Bu yigitni sotib olmasdan qaytmanglar" deyishgan. U ketmagan va o'sha kuni seni ko'ndirgan. Bu rostmi?
– Ha, bu rost. Lekin aytganimdek, bu o'tmish. Bu hayotning bir qismi. Rostini aytsam, men "Arsenal"ni raqib sifatida qabul qilmayman – ular safiga o'tishga juda yaqin edim. Klubni yaxshi ko'raman deb ayta olmayman, ammo ular g'alaba qozonganda xursand bo'laman – shu hikoya tufayli.
Lekin hayotda ham, futbolda ham hamma narsa imkoniyat va paytga bog'liq. Menga berilgan imkoniyatdan foydalanib, "Yunayted"ga o'tdim. Rostini aytsam... men hech qachon yolg'on gapirmayman – to'g'ri, bazan jiddiy sabablar bo'lsa, gapiraman, – lekin "Arsenal"ga o'tishga juda yaqin edim, – dedi Ronaldu Pirs Morgan bilan suhbatida.