
U-17 jahon chempionatining ilk turida O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Paragvay ustidan g‘alabaga erishdi. Ikkita gol urib, uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Azizbek Abdumo‘minov o‘z hissiyotlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Avvalambor, O‘zbekiston xalqini g‘alaba bilan tabriklayman. Birinchi o‘yin biz uchun muhim ahamiyatga ega edi. Murabbiylarimiz tomonidan berilgan topshiriqlarni maksimal bajarishga harakat qildik. O‘yin yaxshi bo‘ldi. Keyin bahslarda ham zo‘r o‘yin ko‘rsatishga harakat qilamiz. Xudo xohlasa, Kubokni O‘zbekistonga olib ketamiz. Olg‘a, O‘zbekiston!", — dedi Abdumo‘minov.