
Paragvay U-17 – O'zbekiston U-17 1:2
Gol: 25 - Azizbek Abdumo'minov (Abubakir Shukurullaev), 45+2 - 25 - Azizbek Abdumo'minov (Muhammadali Musaxonov), 89 - Alan Ledesma
5 noyabr. Qatar. "Espayr" akademiyasi. 1-stadion. 18:00
Bosh hakam: Rohit Saggi
Qanot hakamlari: Anders Dale, Yorgen Valstadsve
To'rtinchi hakam: Hamza El Fariq
O'zbekiston U-17: 21. Nematulloh Rustamjonov, 3. Muhammad Hakimov, 4. Mo'minxon Bahodirxonov, 7. Sadriddin Hasanov (Asilbek Aliev.64), 10. Muhammad Habibullaev, 11. Sayfiddin Sodiqov (Jamshidbek Rustamov,74),13. Abdulmalik Anvarov (Amirxon Muradov, 85), 15. Muhammadali Musaxonov (Behruz Saidmurodov, 74), 16. Azizbek Abdumo'minov, 18. Abubakir Shukurullaev, 19. Azizbek Erimbetov (Qahramon Turg'unov, 74).
Zaxira: Ibrohim Shokirov, Bahodir Izboskanov, Abdusamad Saidov,
Paragvay U-17: 1.Matias Fernandes, 2.Tiago Aranda, 6.Leo Kristaldo, 13.Mauro Koronel, 19.Tobias Akosta, 10.Karlos Franko (11.Joze Buhring, 46), 15.Aldo Sanabria (17.Tiago Vera,60), 8.Alan Ledesma, 7.Derlis Almada ( 14.Xosias Kampss,46), Pedro Vilyalba, 9.Mauricio De Karvalo (18.Milan Freyres)
Zaxira: 12.Raynero Laratro, 21.Diego Rodriges, Ymanol Ruis, 4.Diego Ruis, 5.Edgar Oyeda, 16.Manuel Kaseres,
Ogohlantirish: 31 - Muhammad Hakimov, 31 - Alan Ledesma, 59 - Sadriddin Xasanov, 67 - Muhammadali Musoxonov, 78 - Asilbek Aliev, 88 - Amirxon Muradov
YANGILASH
Uchrashuv yakunlandi
90+2. Yana bir xavfli vaziyat. Bu safar Xosias Kampssning zarbasi noaniq ketdi
90+1.Milan Freyresning yaqin masofadan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.
90. Hakam ikkinchi bo'limga 7 daqiqa qo'shib berdi

90. Rustamjonovdan seyv
89. Gol. Lotin amerikaliklar hisobni qisqartirdi
87. Hakam VARni tingladi va bizning darvozamizga penalti belgilandi. Hozirgina maydonga tushgan Murodov jarima maydonchamizning ichida qo'pollik ishlatdi
87. Hakam VARni tingladi va bizning darvozamizga penalti belgilandi.
85. Anvarovning o'rniga Murodov maydonga tushdi
84. Rustamovning uzoqdan yo'llagan zarbasini darvozabon bartaraf etdi
78. Ogohlantirish. Bu safar Aliev hakam tomonidan ogohlantirildi
77. Aliev yaxshi harakat qildi, biroq raqib futbolchilari zarba berishga yo'l qo'yishmadi

74. Rustamov, Saidmurodov va Turg'unov maydonga tushdi, ular Sodiqov, Erimbekov va Musaxonov maydoni tark etdi
72. Raqib futbolchisi Rustamjonovga juda qo'pol o'ynadi va darvozabonimizga shifokorlar yordam ko'rsatishmoqda
67. Muhammadali Musoxonov ham ogohlantirildi. G'alaba qozonayotganimiz yaxshi, biroq sariqlarimiz soni ham ko'payib ketayotgani juda yomon. Qizig'i sariqlarimizning ikkitasi futbolchilarga to'pni maydonga kiritishga qarshilik qilganimiz uchun oldik
66. Alievning uzatmasidan so'ng xavfli vaziyatga ega bo'ldik, biroq ozgina aniqlik etishmadi
64. Aliev Hasanovning o'rniga maydonga tushdi
63. Yana bir zarba. Xosias Kampssning zarbasini darvozabonimiz qiyinchiliksiz ushlab oldi
59. Ogohlantirish. Sadriddin Xasanov darvozabonga to'pni o'yinga kiritish uchun qarshilik qildi va ogohlantirildi
59. Bahodirxonov burchakdan uzatilgan to'pni boshi bilan zarba yo'lladi, darvozabon o'z o'rnida
58. Hisobni yirik ko'rinishga keltirishimizga juda ozgina omad etishmadi. Sadriddin Hasanovning yaqin masofadan yo'llagan zarbasi himoyachiga tegib, burchakka chiqib ketdi

56. Rustamjonov uchrashuvdagi ilk aniq zarbani bartaraf etmoqda
51. Ikkinchi bo'limda raqibning zarbalari xavfli ko'rinishni boshladi. Joze Buhringning zarbasi noaniq ketdi
49. Hakam VARni tingladi va hech qanday penalti yo'q deb hisobladi. Futbolchilarimiz o'z jarima maydonchasida "toza" o'ynashdi
46. Joze Buhring va Xosias Kampss maydonga tushdi, ular Karlos Franko va Derlis Almadani alishtirdi
Ikkinchi bo'lim boshlandi
Birinchi bo'lim yakunlandi
45+2. GOOOOOOOOOOL. Muhammadali Musaxonov hisobni o'zgartirdi

45. Hakam birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berdi
42. Hozircha jamoamiz azolari raqiblariga hech qanday imkoniyat berishmayapti
36. Alan Ledesmaning uzoqdan yo'llagan zarbasi baxtimizga noaniq ketdi
31. Ogohlantirish: Muhammad Hakimov va Alan Ledesma o'zaro janjalashgani uchun hakam tomonidan ogohlantirildi
Ushbu golda Abubakir Shukurullaevning harakatlarini alohida takidlab o'tishimiz lozim. Shukurallaev to'pni olib qo'ydi va Azizbekka to'pni uzatdi. Abdumo'minov esa o'z imkoniyatidan unumli foydalandi
25. GOOOOOL. Azizbek Abdumo'minov hisobni ochmoqda. Maydon markazida to'pni olib qo'ydik va Azizbek uzoqdan super gol urmoqda
23. Azizbek maydonga qaytdi. Jamoamiz etakchilaridan birining jarohati jiddiy bo'lib chiqmadi
21. Erimbetov maydon markazida jarohat oldi. Shifokorlar unga yordam ko'rsatishmoqda. Umid qilamizki, futbolchimiz maydonga qaytadi

17. Yaxshi hujum tashkil qildik, biroq so'nggi nuqta qo'yadigan futbolchi topilmayapti.
15. Hozircha na bizda na raqiblarimizda aniq va xavfli vaziyat bo'lmadi.
15. Erimbetovning uzatmasini darvozabon ushlab oldi. Yaxshi hujum tashkil qilgandik
7. Muhammadali Musaxonovning uzatmasi zarbaga aylanib ketdi. Zarbaga esa ozgina aniqlik etishmadi
3. Sodiqovning o'zi jarimadan zarba yo'lladi, zarba jonli devorga tegib, qaytdi. Ikkinchi hujumizda esa omad bizga ozgina etishmadi
2. Sayfiddin Sodiqov yaxshi kirib borayotganida unga qarshi qo'pol o'ynaldi. Biz jarima zarbasiga ega bo'ldik

Uchrashuv boshlandi