
"Santos" prezidenti Marselo Teysheyra Neymar kelasi yili ham klubda o‘ynashda davom etishiga ishonmoqda.
Braziliyalik hujumchining amaldagi shartnomasi dekabr oyida tugaydi va u hali yangi shartnoma imzolagani yo‘q.
"Neymarning maqsadi JCH-2026. Agar kelishuvga erishsak, uning shartnomasi kelishib olinadi. Faqat chuqur va ijobiy ishonchga ega bo‘lgan "Santos" va Neymar til topishsa. O‘ylaymanki, bu vaziyatni kerakli vaqtda hal qilamiz.
"Santos" va Neymar vaqti-vaqti bilan vaziyatga baho berishadi. U kelganida baholadik, bu baho bugungidan farq qiladi. Moliyaviy parametrlar yil oxirigacha har ikki tomon tomonidan baholanadi. U moliya haqida qayg‘urmaydi, lekin "Santos"ning o‘ziga xos cheklovlari bor", dedi Teysheyra.
Neymar noyabr oyidagi o‘rtoqlik o‘yinlari uchun Braziliya terma jamoasiga kiritilmagandi. Forvard 2023 yilning oktyabrida oldingi xoch buragidan jarohat olganidan beri terma jamoada o‘ynamadi.
Shanba kuni Neymar Braziliya chempionatining "Fortaleza"ga qarshi o‘yinida (1:1) mushaklaridagi muammo tufayli 48 kunlik tanaffusdan so‘ng maydonga qaytdi.