iks
ads

Islom Ismoilov: "Og'ir uchrashuvda g'alaba qozondik. O'yinni nazorat qildik"

  • Mr.NoBoDy 05.11.2025 22:40
  • 448
  • 30

Qatar mezbonlik qilayotgan U-17 Jahon chempionati birinchi turidan o'rin olgan O'zbekiston va Paragvay o'rtasidagi bahsdan so'ng bosh murabbiy Islom Ismoilov uchrashuv haqida fikr bildirdi.

"Og'ir uchrashuvda g'alaba qozondik. Bunday turnirlarda raqibdan oldin hayajonni engish talab etiladi. Buning uchtida juda ko'p ishladik, ammo yosh futbolchilarda baribir hayajon bilinib turdi. Hisobdan kelib chiqib, o'yinni nazorat qildik deya olaman. Kerakli payt himoyalanishni ham bildik. Bu rejaning bir qismi edi. Yigitlar barcha ko'rsatmalarni bajarib berishdi. Raqib jismonan juda kuchli edi, shu sababli tempni oshirishni reja qilgandik. Bularning barchasi birinchi taymda o'xshadi. Shu kungacha 8-9 ta uchrashuv o'tgan bo'lsa, ko'p o'yinlarda xatto qizil kartochka bo'lmoqda. Biz tartibni saqlashni uchrashuvdan oldin tushuntiramiz. Lekin o'yinda baribir emociyalarni jilovlash qiyin, bu yosh bilan bog'liq. Eng muhimi g'alaba qozondik", -deydi Islom Ismoilov.

Ўхшаш янгиликлар